Xatari minimal bo’lgan 7 ta eng yaxshi sportga stavka qilish strategiyalari

O’z bukmeker idorangizga qarshi kurashish – odatiy hol. Ammo, bukmeker har doim o’yinchi ustidan g’olib chiqadi, chunki masofadan turib, maxsus bilim, ko’nikma va amaliyotga ega bo’lmagan holda amalga oshirilgan stavkalar ham odatiy holga aylanadi va bunda yutqazilgan summa shunchaki ko’payib boradi.

Doimiy yutqazishlardan o’z-o’zini himoya qilish uchun mablag’ni xavf ostiga qo’yishni to’xtatish, biror strategiya tanlash va uni mablag’ingizga minimal yo’qotishlar keltirib, o’yiningizga tatbiq etish juda muhim. Bugun biz yutqazish xavfi eng past bo’lgan yettita eng samarali sportga masofadan stavka qilish strategiyalarini ko’rib chiqamiz.

Barcha natijalarni qamrash

Har bir alohida olingan bukmekerda hodisalar uchun ma’lum kotirovkalar belgilangan. Shunisi e’tiborga loyiqki, o’yinchi koeffitsientlar o’rtasidagi sezilarli farqni osongina topishi mumkin. Hatto ahamiyatsiz farq ham, qaysi natijani tanlashdan qat’iy nazar, 100%li yutuq keltiradi. Koeffitsientlar farqi – bu stavka qiluvchi o’ynashi mumkin bo’lgan marja. Koeffitsientlar farqini misollarda ko’rib chiqaylik.

Misol tariqasida durang natija qayd etilmaydigan tennis musobaqasini olaylik. Masalan, birinchi bukmeker (birinchi) tennischining g’alabasini 1,5 koeffitsient bilan baholagan bo’lsa, ikkinchi bukmeker uning raqibining g’alabasini 5 ga baholagan. Stavka summasi 100 ga teng bo’lsin. Plyusda bo’lish uchun umumiy summani to’g’ri taqsimlash muhimdir. Birinchi tennischining g’alabasiga 75, Ikkinchi tennischiga esa 25 qo’yiladi. Natijada, birinchi tennischi g’alaba qozonsa, o’yinchi 12,5 ga,  raqib g’alaba qozonsa esa, 25ga teng sof foyda oladi. Oxir oqibatda – har qanday natijada ishonchli foyda. Asosiysi, o’yin tugasa bo’ldi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bu usul bukmeker idoralarida to’liq qonuniy hisoblanadi, koeffitsientlar o’rtasidagi katta farq esa, bir qator sabablarga ko’ra yuzaga kelgan bo’ladi.

Chorakda autsayder g’alabasi

Ushbu strategiya faqat basketbol o’yinlarida qo’llaniladi. Uning asosida amalda qo’llaniladigan statistik ma’lumotlar yotadi. Mutaxassislar tomonidan basketbol o’yinlarining 95 foizdan ko’prog’i har to’rt chorakning biri autsayder g’alabasi bilan yakunlanishi aniqlangan. Ushbu ma’lumot yordamida sinovdan o’tgan stavkalarni amalga oshirish mumkin.

Birinchi qadam –  yaqin bir necha daqiqa ichida boshlanadigan o’yinni topamiz. Ikkinchi qadam – musobaqa aytsayderining birinchi chorakda yutishiga stavka qilamiz. Agar stavka yutib chiqsa, keying(boshqa) uchrashuvga o’tish kerak. Agar stavka o’xshamasa, ikkinchi chorakda, ya’ni autsayderning ikkinchi chorakda g’alaba qozonishiga stavka qilamiz, faqat endi pul miqdorini ikki baravar oshirish kerak. O’yinni, autsayder jamoa biror chorakda g’alaba qozonishiga qadar davom ettirish kerak.

Bundan tashqari, yaqqol favorit mavjud bo’lgan (1.15 dan kam koeffitsientli) o’yinlarga e’tibor qilmaymiz.

Ko’pchilik professionallar aynan uchinchi chorakdan stavka qilishni boshlashadi, chunki dastlabki ikki chorak ko’pincha favorit g’alabasi bilan yakunlanadi. Uchinchi chorakdan boshlab, favorit jamoa, keyingi o’yin uchun jismoniy kuchni tejash maqsadida, zaxira tarkibini maydonga tushiradi. Natijada, autsayderlar aynan so’nggi ikki chorakda to’plar farqini qisqartirishga erishishadi.

Quvib yetish

Quvib yetishning asosiy tamoyili har bir keyingi stavka summasini oshirib borishdan iborat. Bunda, hodisalarni, ayniqsa uzoqdan, aql bilan tahlil qilish muhim. Agar stavkalar ko’r-ko’rona amalga oshirilsa, o’yinchi banki tezda bo’shab qoladi.

Oldingi stavkalarda boy berilgan summani qoplash imkoniyati mavjud bo’lishi uchun natijalar koeffitsienti ikkiga yaqin bo’lishi juda muhim. Lekin, chuqur tahlil va kerakli ma’lumotlar izlansa, mag’lubiyat juda kam uchraydi.

“Vilka”

Bukmekerlarda eng ko’p taqiqlangan strategiya. Agar bukmeker o’yinchi «vilka»dan foydalanayotganligini aniqlasa, u holda o’yinchining akkaunti darhol bloklanadi.

«Vilka»ning asosiy mazmuni – ikki xil bukmeker idoralarida ikkita qarama-qarshi stavka qilishdir, maqsad o’yinchida shunday marja bo’ladiki, u stavka qilishda qo’l keladi. Lekin, shuni hisobga olish kerakki, bunday hodisalarni topish juda qiyin va o’rtacha hisobda, bir kun davomida qidirsangiz ham, taxminan beshta hodisa topa olishingiz mumkin. Bunda, o’z bankingizni hisobga olishingiz kerak. Yetarli miqdordagi bank mavjud bo’lganda, «vilka»lardan foydalanish maqsadga muvofiq va samarali bo’ladi, chunki har bir stavkadan 3-5% sof foyda olish aynan katta stavkadagi yaxshi yutuq hisoblanadi.

 “Vilka”lardan foydalanishni misolda ko’rib chiqamiz.

Ko’plab stavka qiluvchilar (bettorlar) tennisda «vilka»lardan foydalanishni faol targ’ib qilishadi, chunki tennis o’yinlarida durang natija qayd etilmaydi. Masalan, uchrashuvda yaqqol favorit bo’lib, unga 1,5 koeffitsienti va autsayderga 3,05 koeffitsient belgilangan bo’lsin. Albatta, bunday vaziyatda “vilka”ni qo’llash noto’g’ri, chunki natijada yutqazasiz. Endi, masalan, 1-bukmekerda favorit uchun maksimal koeffitsient 1,5 bo’lsin. Navbatdagi qadam autsayder uchun belgilangan eng yuqori koeffitsientni topishdan iborat bo’ladi. Masalan, bukmekerlik idoralaridagi chiziqlarni ko’rib chiqib, autsayder uchun 3,5 koeffitsient topildi, deylik. Keyin, maxsus “vilka”lar kalkulyatori yordamida har bir stavka uchun kerakli summani hisoblash mumkin. “Vilka”lar kalkulyatorini internetda topish oson.

Stavka qiluvchida 1000 ga teng mablag’ bo’lganda, bu summani quyidagicha taqsimlaymiz:

  • Favoritga belgilangan 1,5 koeffitsient uchun 700.
  • Autsayderga belgilangan 3,5 koeffitsient uchun 300.

Yakunida natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar, stavka qiluvchi 100% ehtimollik bilan 50 ga teng sof foydaga ega bo’ladi.

Oyoq bilan kiritilgan birinchi to’p

Ikki yil oldin ingliz olimlari tadqiqotlar o’tkazib, gollarning ¾ qismi oyoq bilan urilganligini aniqlashdi. Qolgan chorak gollar bosh va ko’krak bilan urilgan.

Ba’zi bukmeker idoralarida o’yindagi birinchi to’p qanday urilganiga aloqador hodisalar mavjud. Bunday natija uchun o’rtacha koeffitsient 1,5 ni tashkil etadi, bu esa uzoqdan stavka qilish imkonini beradi. Bunda, stavka qiluvchi natijali (ya’ni golli) uchrashuv ehtimolini hisobga olishi lozim. Agar o’yin, mutaxassislarning prognozlariga ko’ra, natijasiz (gollarsiz) durang bilan tugaydigan bo’lsa, u holda ushbu uchrashuvni o’tkazib yuborib, bu strategiya uchun mosrog’ini topish kerak bo’ladi.

Favoritga stavka qilish

Ushbu strategiya istisnosiz faqat futbol uchrashuvlarida qo’llaniladi. Strategiyaning mazmuni – o’z raqibidan ancha ustun bo’lgan yaqqol favoritga ega bo’lgan uchrashuvni izlashdan iborat.

Masalan, favoritga berilgan koeffitsient 1,4 ga teng bo’lsin. Har bir stavka miqdori o’yinchi umumiy bankining 3-4%iga teng bo’lishi muhim. Bu strategiya, agar o’yinchi futbolni yaxshi tushunsa va uchrashuvlarni tahlil qila olsa samarali bo’ladi, chunki ushbu strategiyada, tahlilsiz, masofadan g’alaba qozonishning iloji yo’q.

Dallas strategiyasi

Bunday strategiyani ham ko’proq futbol uchrashuvlarida, ayniqsa, “Live” rejimidagi o’yinlarga qo’llash mumkin, chunki “Live”da stavkalarning o’tishi yaxshiroq bo’ladi. Bu strategiyaning asosiy mazmuni – aniq autsayder o’yin boshida umuman darvozaga zarba bermaydigan “Live”dagi uchrashuvlarni izlashdan iborat. Autsayderi gol ura olmasligiga ishonch hosil qilish uchun o’yin boshidagi 20-30 daqiqani kuzatish kifoya. Bunday uchrashuv topilganda, darhol autsayderning KIT[1]1.0-ga stavka qilinadi.

Amaliyot shuni ko’rsatadiki, kamdan-kam hollarda, uchrashuvlarda bittadan ortiq to’p kiritiladi, shuning uchun stavkaning eng yomon natijasi qaytish[2] bo’lishi mumkin. Aks holda esa, yutuqni qo’lga kiritasiz. Bunday natijalar uchun koeffitsientlar 1,4-1,7 atrofida bo’ladi, shuning uchun ushbu strategiyani masofadan qo’llash ma’qul.

Mag’lubiyatga uchramaslik uchun uchta asosiy narsaga e’tibor qaratish shart:

  • Ayollar uchrashuvlari va yoshlar o’yinlarini tanlamaslik kerak, chunki ko’pincha aynan shunday uchrashuvlarda kutilmagan natijalar (sensatsiyalar) qayd etiladi.
  • Jamoalar darajasi o’rtasida katta farq bo’lmasligi muhim. Jamoalarda mahorat borasidagi katta farq tufayli, autsayder jamoa uchrashuv oxirida holdan toygan favorit jamoaga obro’ uchun to’p kiritishga intiladigan holatlar ham uchraydi.
  • Bu strategiyani o’rtacha natijalari yetarlicha past bo’lgan ligalarga qo’llash maqsadga muvofiq. Masalan, Gollandiya ligasidan darhol voz kechish kerak. Asosiy e’tibor Rossiya va Italiya chempionatlariga qaratilishi lozim.

Ushbu strategiyani ikki oy davomida qo’llagandan so’ng, o’yinchi mos o’yinlarni osonlikcha topa oladi. Asosiysi – hodisani tahlil qilish hamda o’yin boshlanishidan oldin hisobga olish kerak bo’lgan muhim ma’lumotlarni izlash.

[1] KIT – stavka turi. Kichik Individual Total – bir jamoaning butun yiqqan ko’rsatkichlarining (gollar, kartochkalar, xatolar va h.k.) ma’lum miqdordan kam bo’lishi.

[2] Qaytish – Ba’zi hollarda, bukmekerlar o’xshamagan stavka uchun stavkaga tikilgan mablag’ni qaytarishga imkon berishadi.